Asosiy kontentga o'tish
Huquqiy

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026

Ushbu siyosat YNK.UZ (Yosh Notiqlar Klubi) qanday ma'lumot to'plashi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi. A'zolarimiz — voyaga yetmaganlar, shuning uchun bolalar himoyasi biz uchun birinchi o'rinda turadi.

Qanday ma'lumot to'playmiz

  • Ota-ona: ism, telefon, email manzil.
  • A'zo (bola): ism, yosh, mashg'ulot progressi, yutuqlar.
  • Texnik ma'lumot: kirish vaqti, qurilma turi (xavfsizlik uchun).

Ota-ona roziligi

Bolaning ma'lumotlari faqat ota-ona roziligi bilan qayta ishlanadi. Bolaning ommaviy sahifasi esa alohida rozilik va administrator tasdig'isiz ochilmaydi.

Ma'lumotdan foydalanish

  • Xizmatni taqdim etish: kurs dostupi, progress, sertifikat.
  • Ota-ona bilan aloqa: bildirishnoma va eslatmalar.
  • Xavfsizlik va firibgarlikning oldini olish.

Ommaviy sahifa va moderatsiya

Bolaning ommaviy sahifasiga joylanadigan barcha kontent (matn, rasm, video) avval moderatsiyadan o'tadi. Voyaga yetmaganning shaxsiy aloqa ma'lumotlari (telefon, manzil, maktab) hech qachon ommaviy qilinmaydi.

Ma'lumot xavfsizligi

Parollar shifrlangan holda saqlanadi, ma'lumotlar HTTPS orqali uzatiladi, video kontent himoyalangan havolalar bilan beriladi.

Sizning huquqlaringiz

  • Ma'lumotlaringizni ko'rish va eksport qilish.
  • Akkauntni o'chirish (bola sahifasi ham o'chiriladi yoki anonimlashtiriladi).
  • Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish.

Aloqa

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun aloqa sahifasi orqali murojaat qiling.

Ushbu siyosat O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga oid ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuni ruhida tuzilgan.